DAL HEAVY INDUSTRIES korxonasi metal konstruksiyalari sanoatning quyidagi yo‘nalishlarida qo‘llanilishi mumkin:


ENERGETIKA

DAL HEAVY INDUSTRIES

Elektr toki uzatgichlari ustunlari;
Bog’lovchi qism va provodlar uchun osma armatura;;
Transformator budkalari;;
Gaz va elektr podstansiyalari tirgak elementlari va asos konstruksiyalari;;
Quvurlar va minoralar uchun tirgaklar;;
Kabel kanallari, kabel galeriyalari uchun o‘tkazgichlar;
Quyosh panolari, shamol turbinalari uchun metal konstruksiyalar;
Fotoelektr modullari va shamol generatorini mustahkamlashda qo‘llaniladigan o‘rindosh energetika soxasi uchun asos metal konstruksiyalar

ALOQA

DAL HEAVY INDUSTRIES

Uyali va radioaloqa radiomachtalari;
Аntennalar;
Telefon aloqasi uchun takroriy uzatkichlar;
Qisqichlar;
SVCh tirgaklari kabel va provodlari uchun tarnov va kanallar

YO‘L QURILISHI

DAL HEAVY INDUSTRIES

Tayanch, tutqich va ovoz o‘tkazmaydigan to‘siqlar;
Ko‘prik va quvurlarning ko‘tarma konstruksiyalari;
Himoya to‘sini, yo‘nalish konstruksiyalari va simyog'ochlar;
Ish platformalari, suv quyilishi va drenaj quvurlari;
Yo‘l belgilari, yoritgich machtalari uchun tirgaklar;
Аrmatura uchun setka

QURILISH

DAL HEAVY INDUSTRIES

Bino tizimidagi karkaslar;
Relslar, ko‘milgan qismlar, ferma va ko‘tarma qismlar;
Lyuk, panjara, narvonlarning himoya to‘siqlari elementlari;
Tom, suv tarnov tizimi;
Yopiq shakldagi stadion, aeroport, osmono‘par binolar;
Sanoat binolari uchun qurilish konstruksiyalari;
Ko‘p qavatli metal konstruksiyalari;
Metal bunkerlari va siloslar

SANOAT

DAL HEAVY INDUSTRIES

Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, selluloza sanoati uchun qismlar;
Oqava suvlarni qayta ishlash uchun kerakli konstruksiya qismlari;
Temir eshiklar, deraza va panjaralar;
Omborxona va ayvonlar, tirgaklar va kranlar uchun ko‘tarma qismlar;
Yon to‘sinlar, konteynerlar, bunker, suv yomkostlari, peshayvonlar, issiqxona elementlari;
Harakatlanuvchi uskunalar uchun tashuvchi metal konstruksiyalar;
Gaz va suyuqliklar uchun qora rangli metaldan rezervuar, sisterna, bak va idishlar;
Boltlar, qotiruvchi qismlar, quvurli tegirmonlar;
Gaz gorelkasi va lentali transporterlar uchun metal konstruksiyalari;
Konveyer liniyalari;
Aylanadigan pech uchun qoplama;
Nostandart metal konstruksiyalari

SHAHAR INFRATUZILMASI

DAL HEAVY INDUSTRIES

Tumbalar; ko‘priklar; bayroq tutqichlar;
Reklama va e’lon doskalari konstruksiyalari;
Temir panjaralari ve boshqa manzarali to‘siqlar;
Narvonlar;
Metal skulpturalari;
Chiqindi qutilari;
Avtobus bekatlari, sport va o‘yin maydonchalari elementlari, park o‘tirg’ichlari

ENERGETIKA

Energetika soxasidagi qurilish ehtiyojlari uchun qo‘llaniladigan metal konstruksiyalari DAL HEAVY INDUSTRIES korxonasining o‘zi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsuot hisoblanadi. Xuddi shu sababdan ham biz o‘z mahsulotlarimizning har birining sifatiga 100% kafolat berishga tayyormiz hamda tegishli soxa standartlari xususiyatlari shartlariga aniq muvofiqligini ta’minlaymiz.

Ushbu bo‘limdagi mahsulotlar katalogi elektr toki uzatkichlari, elektr tarqatish qurilmalari montaji va transformator podstansiyalari qurilishida qo‘llaniladigan barcha kerakli metal konstruksiyalarni o‘z ichiga oladi:

Energetika soxasidagi qurilish ehtiyojlarida qo‘llanadigan metal konstruksiyalarini istalgan miqdorda yetkazib berishimiz mumkin: DAL HEAVY INDUSTRIES korxonasining mavjud ishlab chiqarish uskunalari quvvati va mahsulot saqlash omborxonalari eng katta miqdordagi buyurtmalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.

ALOQA

Aloqa machtalari – metaldan ishlangan yuksak vertical inshootlar. Ular fermali, teleskopik, qo‘shimcha shaklda ishlanadigan turlarga bo‘linadi. Barcha turdagi machtalar yig’ma va alohida elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular bir – biridan tuzilishi jihatidan, inshoot balandligiga, antenna qurilmasi og’irligiga ko‘ra belgilanadigan kesishmalar miqdoriga ko‘ra belgilanadi.

Machtalardan uyali va radio aloqa bazali stansiyasi, Wi-Fi simsiz tarmog’i, radiorele aloqa hamda yo‘ldosh televidenie va h.k.lar antennalari uchun machtalar sifatida qo‘llaniladi.

Antennalarni o‘rnatishdan tashqari aloqa minoralaridan ovozli va chiroqli ogohlantirish tizimi, chaqmoqdan himoyalanish vositalari kabi qo‘shimcha uskunalarni joylashtirish maqsadida ham foydalaniladi. Yuqorida nomlari zikr etilgan barcha metal konstruksiyalar DAL HEAVY INDUSTRIES tomonidan sifatli shaklda o‘z vaqtida ishlab chiqarilmoqda.

YO‘L QURILISHI

DAL HEAVY INDUSTRIES korxonasi tomonidan ko‘prik metal konstruksiyalari, ko‘prikning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishini belgilaydigan asosiy qismlarining ishlab chiqarilishi ustida ishlar olib bormoqda. Biz ishlab chiqargan mahsulotlar davlat standartlariga to‘liq muvofiq bo‘lib, barcha nazorat qilish idoralari tomonidan foydalanish uchun tasdiqdan o‘tkazilgan. Shuningdek, kerakli holatlarda mahsulot ishlab chiqarish umumiy qabul qilingan chizmalar asosida amalga oshirilmasdan, alohida yondashilgan holatda buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan loyihalar asosida amalga oshiriladi.

Korxona nafaqat mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq vazifalarni bajaradi, balki buyurtmachilarning hududiy joylashishidan qat’iy nazar mahsulotlarni belgilangan joyga yetkazib berish masalalarini ham hal qiladi. Yetakchi temir yo‘l va avtomobil transporti kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari demokratik qiymat belgilash va jadallikni ta’minlaydi.

QURILISH

Zamonaviy va texnologik qurilish shartlarini bajarishda metal konstruksiyalarining o‘rni borgan sari oshib bormoqda. Qurilayotgan binolarning metaldan ishlangan tuzilishi tashqi ta'sirlarga nisbatan ishonchli, mustahkam, chidamli bo‘lishi sir bo‘lmaganidek, amalda qurilayotgan barcha shahar inshootlarida bino karkaslari metaldan iborat.

DAL HEAVY INDUSTRIES korxonasi tomonidan asos konstruksiyalar mustahkam temirdan ishlab chiqariladi. Qurilish ishlarini amalga oshirishda yig’iladigan metal konstruksiyalariga alohida e’tibor qaratiladi. Inshootlarning ko‘chma bo‘lishligi pudratchiga inshootni butunligicha ko‘chirib ketish imkoni yo‘q bo‘lgan holatlarda ayni muddao bo‘lgan variantlar hisoblanadi.

Konstruksiyaning sodda tuzilishga egaligi montaj ishlarini qo‘shimcha malakali mutaxassislarni jalb qilmasdan amalga oshirish imkonini beradi.

SANOAT

Metal konstruksiyalari ishga tushirilganda og’ir yuklar bilan ishlaydigan tashish vazifasini bajaruvchi uskunalarda ahamiyatli o‘ringa ega.

Misol uchun, tansport mashinasozligida payvandlashning ba’zi turlari, shuningdek, perchinli va boltli turlari qo‘llaniladi. Bu soxada ko‘p hollarda lavhali, quvurli, profilli konstruksiyalardan foydalaniladi.

Metaldan ishlanadigan mahsulotlarning doimiy yangilab turilishini hisobga olgan holda hamda zamonaviy metal konstruksiyalariga nisbatan talablar qo‘yiladi, bularga ko‘ra esa bizning korxonamiz muntazam ravishda yangi loyihalarni joriy etib boradi, uskunalarning darajasini oshirib texnologik jarayonlarni mukammallashtirib borilishini yo‘lga qo‘ygan.

SHAHAR INFRATUZILMASI

Megapolis taraqqiyotida zamonaviylikka intilish piyoda yo‘kchalari va xiyobon hududlarini kengaytirish bo‘yicha jiddiy ravishda ildam qadam tashlashga chorlaydi. Ularning qurilishida mustahkam to‘siqlar konstruksiyalari va ishonchli ko‘cha jihozlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shahar infratuzilmasi uchun metal mahsulotlar ishlab chiqarish DAL HEAVY INDUSTRIES korxonasining avval boshdan eng oldingi o‘rinlardagi faoliyat yo‘nalishi bo‘lib kelgan.

“Angren” Erkin iqtisodiy zonasining geografik joylashuvini hisobga olib, biz butun O‘zbekiston Respublikasining bo‘ylab buyurtmachilarga xizmat ko‘rsatishga va shaharlashtirish ehtiyojlari uchun kerakli bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha nazoratdan o‘tgan yechimlarni taqdim etishga tayyormiz. O‘z ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishlik shahar muhitini yaxshilanishi bo‘yicha eng qiyin loyihalarni ham jadal suratda amalga oshirish imkonini beradi.

КRANLAR

Minora va ko‘prik kranlari metal konstruksiyalaridan buriladigan strelali kranlarning strelali turlarida, qaysiki vertikal joylashgan minora va yuk ko‘tarish uskunasiga ega bo‘lgan kranning yuqori qismiga qotirilgan harakatlanuvchi temir konstruksiya (ko‘prik) bo‘ylab joylashgan yuk aravachasi yoki yuk ko‘taruvchi uskunalarni ishlab chiqarishda foydalaniladi.