QUBBALI KONSTRUKSIYALAR ISHLAB CHIQARISH

Elektr toki uzatgichlari ustunlari; bog’lovchi qism va provodalar uchun osma armatura; transformator budkalari....
batafsilUyali va radio aloqa radiomachtalari; antenna; telefon aloqasi uchun takroriy uzatkichlar; qisqichlar....
batafsilTayanch, tutqichli va ovoz o‘tkazmaydigan to‘siqlar; ko‘priklarning ko‘tarma konstruksiyalari...
batafsilBino tizimidagi karkaslar; keng panoli temir opalubkalar; bino old qism panellari; relslar...
batafsilQishloq xo‘jaligi va chorvachilik, selluloza sanoatida; omborxonalar uchun kerakli qismlar...
batafsilTumbalar; ko‘priklar; bayroq tutqichlar; reklama va e’lon berishda qo‘llaniladigan konstruksiyalar; temir panjaralar...
batafsilGARDISHLI BURG’ULASH USKUNASI
PROFIL BUKISH USKUNASI
DASTURLI BOSHQARISH LENTALI ARRALASH USKUNASI
BURG’ULASH USKUNASI
GIDRAVLIK METAL LAVHA BUKISH PRESSI
IKKIQATLAMLI METAL KONSTRUKSIYA YIG’ISH USKUNASI
IKKIQATLAMLI METAL KONSTRUKSIYA BUKISH PRESSI
HAVO VA YOQILG’I QORISHMASI YORDAMIDA KESISH USKUNASI
SUV PURKASH YORDAMIDA TRUBANI PLAZMALI KESISH USKUNASI
AVTOMATIK BOSIMLI QUM SEPISH USKUNASI
DAL HEAVY INDUSTRIES loyihasi haqida
Mazkur loyihaning maqsadi “Angren” EIZ hududida keng miqyosdagi metal konstruksiyalari ishlab chiqarish uchun yer olinib, zamonaviy ilg’or texnologiya asosida faoliyat yuritadigan, korxonani zamonaviy uskunalar bilan ta’minlab, nafaqat O‘zbekiston Respublikasi hududida, balki qo‘shni davlat hududida ham metal konstruksiyalari savdosini amalga oshirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Loyihani “ilk boshdan” amalga oshirish uchun yer maydoni olinishi va quyidagilarni amalga oshirish kerak bo‘ladi:
Loyiha tashabbuskori “DAL TEKNİK MAKİNA TİCARET VE SANAYİ A.Ş.” (Тurkiya) korxonasi hisoblanadi.
To‘liq nomi --- “DAL TEKNİK MAKİNA TİCARET VE SANAYİ A.Ş.” korxonasi
Tashkil etilgan davlat nomi --- Тurkiya
Tashkil etilgan yoki ilk ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi --- Кorxona Turkiya qonunchiligi asosida 2006 – yilda tashkil etilgan
So‘nggi ro‘yxatdan o‘tish sanasi, joyi va raqami --- 04.01.2006, № 574523
Tashkiliy – huquqiy shakli --- Aksiadorlik
Mulk shakli --- Xususiy
Yuridik manzil ---
Тurkiya, Istanbul, Baxchelievler tumani, Shirinevler mahallasi, Adnan Kahvaji bulvari, 206, Geydar Ali tadbirkorlik markazi, 1-blok, 6-qavat (Şirinevler Mah., Adnan Kahveci Bulvari No:206)
7 – fevral kuni Istanbul shahrida o‘zbek – turk biznes forumida “Angren” EIZ direksiyasi va “DAL Teknik Makina Ticaret Ve Sanayi Anonim Sirketi” korxonasi direktori janob Jevdet DAL o‘rtasida “Angren” EIZ hududida sanoatda qo‘llaniladigan metal konstruksiyalar ishlab chiqarishni bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Muzokaralar doirasida sanoat va aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadida metal konstruksiyalari, elektr uzatkich liniyalari, quyosh panellari, shamol turbinalari, minorali va ko‘prik kranlari, rezervuarlar va shu kabi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvati 1000 tonna/oy bo‘lgan korxona ochishni tashkillashtirish bo‘yicha har ikkala tomondan ham chora – tadbirlarning amalga oshirilishi haqida kelishub olindi.
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida quyidagilar amalga oshirildi:
1. Ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan mahsulotlarning bozordagi savdosini marketing jihatdan o‘rganish, shuningdek, iste’molchilarga taklif etiladigan mahsulot assortimentini o‘rganish va belgilab olish;
2. Belgilan yer maydonida qurilish ishlari amalga oshirildi;
3. Amalga oshiriladigan ishning (xom – ashyo ta’minoti, buyurtmalarning joylashtirilishi) kafolatini tasdiqlovchi shartnoma va boshqa hujjatlarni tasdiqlash maqsadida muzokaralar olib borish;
4. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini uskunalar, mashina va qurilmalar bilan ta’minlash uchun tashkiliy tadbirlar amalga oshirildi;
5. Ishchi – xodimlarni ishga jalb qilish va o‘quv mashg’ulotlari o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirildi;
6. Loyiha amalga oshirildi va faoliyat yuritmoqda.